uytopber

Bosh sahifa · Biz haqimizda

Biz haqimizda

Uytopber — Toshkentda ijara uy izlayotganlar uchun qilingan servis: to‘rt saytdagi e’lonlarni bir joyga yig‘adi, maklerni egasidan ajratadi va mos e’lonni chiqqan zahoti Telegramga yuboradi.

Nima qilamiz

OLX, Joymee, Uybor va BirBir saytlaridagi Toshkent ijara e’lonlarini har 5 daqiqada o‘qiymiz. Bir uyning bir necha saytdagi nusxasini bitta e’longa birlashtiramiz. Har e’lon beruvchiga makler belgilari bo‘yicha 0–100 ball beramiz: nechta e’loni bor, nechta tumanda, e’lonlar orasidagi vaqt, matndagi “komissiya”, “rieltor” kabi iboralar, biznes akkaunt bayrog‘i. Ochiq kanal @uytopber ga faqat makler belgisi topilmagan e’lonlar chiqadi; bot @uytopber_bot esa tuman, xona va narx bo‘yicha filtr bilan, telefon raqami bilan yuboradi.

Nima qilmaymiz

Biz e’lon egasi emasmiz: har kartada manbaga havola turadi. Bitimga aralashmaymiz, uy egasidan ham, ijarachidan ham pul olmaymiz — daromadimiz faqat bot obunasi. Telefon raqamini ochiq kanalga chiqarmaymiz. Hujjatlarni tekshirmaymiz — buni uchrashuvda o‘zingiz qilasiz; biz faqat e’lonning maklerdanmi yoki egasidanmi ekanini baholaymiz, va bu kafolat emas, ball.

Raqamlar qayerdan

Saytdagi narx jadvali, “oxirgi 24 soat” hisoblagichi va blogdagi raqamlar bizning bazamizdan olinadi: dublikatsiz e’lonlar, so‘m/oy, so‘nggi 7 kun bo‘yicha mediana. Kesimda 5 tadan kam e’lon bo‘lsa, raqam ko‘rsatilmaydi. Blog maqolalarida har bir tashqi raqam manbasi bilan beriladi — nashr nomi va havola.

Kim turibdi

Uytopber Toshkentda 2026-yilda ishlab chiqilgan mustaqil loyiha. Savol, taklif yoki xato haqida bog‘lanish sahifasi orqali yozing — bot ichida ham o‘qiymiz. Narx statistikasi alohida saytda: maklersizuylar.uz.