Bosh sahifa · Ijara kalkulyatori
Ijara kalkulyatori
Kvartiraga ko‘chib kirish kuni cho‘ntakdan qancha chiqadi: oldindan to‘lov, depozit va makler haqi. Tuman va xona sonini tanlasangiz, ijara maydoniga o‘tgan haftaning medianasi qo‘yiladi.
Bosh sahifa · Ijara kalkulyatori
Kvartiraga ko‘chib kirish kuni cho‘ntakdan qancha chiqadi: oldindan to‘lov, depozit va makler haqi. Tuman va xona sonini tanlasangiz, ijara maydoniga o‘tgan haftaning medianasi qo‘yiladi.
Hisob taxminiy. Barcha summalar so‘mda; kommunal to‘lovlar kirmagan.
Maklersiz e’lonlarni botda olishOldindan to‘lov. Toshkentda uy egasi odatda birinchi oyni, ba’zan ikki-uch oyni oldindan so‘raydi. Bu pul ijara haqining o‘zi — u yo‘qolmaydi, shunchaki oldinroq to‘lanadi.
Depozit (garov puli). Odatda bir oylik ijara miqdorida olinadi va uy shikastsiz topshirilsa chiqib ketishda qaytariladi. Depozit shartini albatta shartnomaga yozdiring.
Makler haqi. Bozorda odatiy stavka — bir oylik ijaraning 50 yoki 100 foizi, bir marta va qaytarilmaydi. E’lonni egasining o‘zidan topsangiz, bu qator nolga teng bo‘ladi: uning o‘rnida botning 30 kunlik obunasi — 49 900 so‘m turadi. Kanal esa bepul.
Mediana narx. Tuman tanlanganda chiqadigan narx — o‘tgan hafta OLX, Joymee, Uybor va BirBir’da shu tuman va xona soni bo‘yicha chiqqan e’lonlarning medianasi, dublikatlarsiz. Tumanlarning to‘liq jadvali — maklersizuylar.uz sahifasida. Oxirgi hisob: 30-oktyabr, 05:58.
Uyni ko‘rmasdan turib na oldindan to‘lov, na depozit, na “bron” o‘tkazmang. Pulni shartnoma imzolangan kuni, kalit bilan birga bering va tilxat oling. Boshqa savollar — savol-javob sahifasida.